Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari “vinetka“ uchun kortej xizmatidan foydalangani aks etgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat shu yilning 13 aprel, yakshanba kuni Namangan shahridagi 14-umumta’lim maktabida sodir bo‘lgan va kortej mashinalari o‘quvchilar ishtirokida videorolik olish uchun maktab hududiga so‘roqsiz kiritilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘quvchilarning ota-onalari va o‘zini tadbirkor deb taqdim etgan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Shuningdek, mas’ullarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.