Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning qizi Umraga «boshqa yo‘llar» bilan borgan. Ziyoratdan qaytgach, uyida 231 kishi bilan ko‘rishgan

Namanganda koronavirusdan vafot etgan onaxonning qizi Umraga «boshqa yo‘llar» bilan borgan. Ziyoratdan qaytgach, uyida 231 kishi bilan ko‘rishgan

Namanganda koronavirusdan vafot etgan 72 yoshli onaxonga kasallik uning Umradan bo‘lib qaytgan qizidan yuqqan. Ziyoratdan qaytgach, uni ko‘rgani kamida 231 kishi kelgan. Bu haqda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 27 mart kuni viloyat aholisiga qilgan telemurojaatida aytib o‘tdi.

«24 fevralda hukumatimiz tomonidan Umraga borish vaqtincha to‘xtatilgan edi. Ammo bu opaxonimiz hoyu-havas qilib, boshqa yo‘llar bilan, Turkiya orqali Umraga borgan. Aniqlashimizcha, ziyoratdan kelgan ayolni ko‘rgani 231 ga yaqin qo‘ni-qo‘shni, qarindoshlar kelgan, u bilan muloqotda bo‘lgan», — dedi viloyat hokimi.

Hozirgacha koronavirus Umra safarida bo‘lib qaytgan ayolning vafot etgan onasidan tashqari singlisi, qizi va nevarasida aniqlangan. Hokimning ta’kidlashicha, kasallik tashuvchisi bilan muloqotda bo‘lgan qolgan fuqarolarning bari tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

«Xudodan so‘raymizki, ularga bu kasallik yuqmagan bo‘lsin», — deya qo‘shimcha qildi Xayrullo Bozorov.

Qayd etishlaricha, 2020 yilning 1 martidan 27 martiga qadar Namangan viloyatiga Turkiyadan 900 nafar, Saudiya Arabistonidan 497 nafar, BAAdan 219 nafar, Janubiy Koreyadan 192 nafar fuqaro kelgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 29 martga qadar koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 104 ta holat aniqlandi, ikki bemor vafot etdi. Bemorlarning olti nafari Namangan viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ularning to‘rt nafari vafot etgan ayolning qarindoshlaridir.

Kiritildi: 01:57 29.03.2020. O'qildi: 4642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!