Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda juda ko‘p miqdordagi zararli dorilar muomalaga kiritilishi mumkin edi...

Namanganda juda ko‘p miqdordagi zararli dorilar muomalaga kiritilishi mumkin edi...

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Namangan shahar bo‘limi tomonidan viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Namangan shahar, Istiqbol MFY hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro YA.O. “A” ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, umumiy qiymati 426,5 mln. so‘mlik yaroqlilik muddatlari o‘tgan “Coldrex Limon”, “Baykal M” dori vositalarini hamda 356 ming dona dori kapsulalariga o‘xshagan moddalarni qayta o‘tkazish maqsadida tanishini hovlisida saqlab kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan YA.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:06 30.11.2019. O'qildi: 2005 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!