Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda hokimning nomini sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namanganda hokimning nomini sotgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namangan. 2019 yilning dekabr oylarida 48 yoshli A.X., va 23 yoshli B.B., lar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Namangan shahar, G‘alcha MFYda yashovchi S.A.,ning ishonchiga kirib, unga “Namangan tuman hokimi bilan gaplashib, tikuvchilik sexi qurish uchun Namangan tumanida joylashgan “IDEAL” tikuvchilik korxonasi yonidagi dala maydonidan yer maydoni ajratib beramiz, har bir sotix yer uchun 700 AQSh dollaridan berasiz” - deb aldab, S.A.,ning ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan juda ko‘p miqdoridagi, ya’ni 322.714.400 so‘m hisobidagi jami 34 ming AQSh dollarini qo‘lga kiritib, S.A.,ga yer maydoni olib bermay, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pul mablag‘larini shaxsiy manfaatlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat bo‘yicha 02.10.2020 yilda Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.X., va B.B.,larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 17:45 14.10.2020. O'qildi: 2717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!