Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Namanganda g‘alla o‘rish kombayni yonib ketdi

A A A
Namanganda g‘alla o‘rish kombayni yonib ketdi

Kecha, 27 iyun kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida «Uychi Sohibkor» agrofirmasi hududidagi «Muhammadmuso Boltaboyev» fermer xo‘jaligi g‘alla maydonida o‘rim ishlarini olib borayotgan «CASE-2366» rusumli g‘alla o‘rish kombaynida yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida kombaynning motor otseki va haydovchi kabinasi qisman yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q. Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Manba: darakchi.uz

Kiritildi: 12:08 28.06.2018. O'qildi: 1817 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik