Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda fojia: uch kishi fojiali tarzda vafot etdi

Namanganda fojia: uch kishi fojiali tarzda vafot etdi

2019 yil 29 avgust kuni soat 17:30larda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani “Navro‘z” MFYda yashagan 52 yoshli A.A.boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashinasini “Tegirmon” MFY hududidan o‘tuvchi “Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan vaqtida shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Andijon viloyatida yashovchi 24 yoshli S.M. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada “Damas” avtomashinasi haydovchisi A.A. jarohat olib voqea joyida, uning ikki nafar yo‘lovchilari esa kasalxonaga olib kelinganida vafot etgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kiritildi: 12:09 30.08.2019. O'qildi: 3269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!