Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Namanganda “Damas” poyezd bilan to‘qnashdi

A A A
Namanganda “Damas” poyezd bilan to‘qnashdi

Yo‘l transport hodisasi oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati bilan voqea joyida vafot etgan.

Viloyat YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, shu yilning 09 noyabr kuni soat 10:20larda, Uychi-Chortoq temir yo‘l bekatlari oralig‘ining 118-kilometri 1-to‘sig‘idagi qo‘riqlanmaydigan temiryo‘l kesishmasida 1961 yilda tug‘ilgan haydovchi “Damas” rusumli avtomashinani boshqarib borayotib, kesishmadagi to‘xtash ishorasi belgisiga amal qilmay harakatda davom etishi natijasida temir yo‘lda harakatlanib kelayotgan Teplovozning yuk vagoniga borib urilgan.

Barcha haydovchilardan yo‘llarda belgilangan qoidalarga qat’iy amal qilishlarini so‘rab qolamiz. Zero, qoidalar hayotingiz xavfsizligi uchun joriy etilgan, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 10:05 12.11.2024. O'qildi: 1120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!