Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda bir nechta shifokorning toifa sertifikati qalbaki bo‘lib chiqdi

Namanganda bir nechta shifokorning toifa sertifikati qalbaki bo‘lib chiqdi

Namangan viloyati. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati tomonidan Chust tuman tibbiyot birlashmasida masofadan turib monitoring tekshiruvi davomida,  bolalar psixiatriyasi, anesteziologiya va reanimatologiyasi,  umumiy amaliyot shifokori, nevrologiya, umumiy xirurgiya mutaxassisliklari uchun bir nechta shifokorlarning malaka toifasi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni qalbaki ekanligiga shubha tug‘ilganligi sababli tekshirib ko‘rish uchun olingan hamda malaka toifasi sertifikatlarining qalbakilashtirilgan holatiga aniqlik kiritish uchun Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davrida o‘tkazilgan Namangan shahri bo‘yicha IIO FMB EKBning tadqiqotlar xulosasiga ko‘ra, malaka toifasi sertifikatlaridagi muxrlar izi kompyuter qurilmasining rangli oqimli (struyniy) printeri yordamida tayyorlanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan G.N., S.N., M.J., I.YU. va O.Z., larga nisbatan JKning 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Kiritildi: 13:08 17.10.2020. O'qildi: 1603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!