Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda ayolning o‘limiga sababchi bo‘lgan "qochoq" jinoyatchi ushlandi

Namanganda ayolning o‘limiga sababchi bo‘lgan "qochoq" jinoyatchi ushlandi

Saytimiz orqali 2019 yil 11 fevral kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Namangan viloyatining Chust tumanida Zarafshon mahallasi hududida haydab ketayotib piyoda, Mirzaobod mahallasida yashagan 35 yoshli O‘.T. (ismli ayol)ni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani, natijada ayol jarohat olib kasalxonada vafot etgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent viloyati Qibray tumani Yangihayot ko‘chasida yashovchi, 63 yoshli N.M. ismli shaxs o‘zining boshqaruvidagi Neksiya rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
O‘z o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi IIV ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga ma’lumot bergan fuqarolarimizga minnatdorchilik bildiradi.

Kiritildi: 13:25 15.02.2019. O'qildi: 1959 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!