Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda 7 yoshli nabirasini jinoyatga undagan buvining qilmishlari fosh bo‘ldi

Namanganda 7 yoshli nabirasini jinoyatga undagan buvining qilmishlari fosh bo‘ldi

Odinaxon Allaqulova (ism-shariflar o‘zgartirildi) Kosonsoy tumanida yashaydi. Xalqimizda ellikka kirsa, elakdan o‘tadi, degan gap bejiz aytilmagan. Chunki bu yoshda har qanday inson bugunidan ko‘ra, ertasini o‘ylashga, ayniqsa, farzandlari, nevara-chevaralari tarbiyasiga alohida e’tibor qaratishga intiladi. Odinaxon esa, bir joyda yolchitib ishlamagan, umr daftarini faqat yomonliklar bilan to‘ldirganlar sirasidan ekanligini yetti yoshli nabirasi Barkamol orqali yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Bu haqda uz24.uz yozmoqda.

Yaratilgan sharoitlardan foydalanib, ko‘pchilik qariyalar nabiralarini turli tadbir va sport to‘garaklari sari yetaklab borsa, u Barkamolga jirkanch illatlardan biri, ya’ni o‘g‘irlikning tartib-qoidalari ni o‘rgatadi.

Ertaga seni Namangan shahriga olib boraman. Istirohat bog‘iga kiramiz, maza qilib attraksionlarda uchasan. Faqat u yerda o‘ynash uchun o‘rgatganlarimni to‘g‘ri bajarsang, yaxshi narsalar ham olib beraman, deydi u Barkamolga.

Ertasi kuni ular Namangan shahrida joylashgan savdo majmuasining ikkinchi qavatiga chiqib xaridorlarni kuzatishadi.

Anavi kelayotgan ayolni ko‘ryapsanmi? Yaxshilab tanib ol. Uning qo‘lidagi sumkani, qanday bo‘lmasin, o‘zimizniki qilishimiz kerak, deydi u nevarasiga.

Ayol kiyim-kechak lar bo‘limiga kirib, qo‘lidagi buyumlarni bir chetga qo‘yadi, sotuvchi bilan savdolashayotganda, fursatdan foydalangan Barkamol sumkani qo‘lga kiritadi. Chetga chiqib, uning ichidagi 700 ming so‘m pul, bir qancha Rossiya rubli va uyali telefonni olib, qolgan buyumlar hamda ikkita fuqarolik pasportini chiqindixonaga tashlab ketishadi.

Birovning mol-mulkini nopok yo‘l bilan qo‘lga kiritgan Odinaxon o‘g‘irlangan pullar hisobiga bozordan turli buyumlar sotib olib, hech narsa ko‘rmagandek yuraveradi.

Savdo majmuasidagi voqeadan xabar topgan Namangan viloyati IIB xodimlari ham anoyilardan emas edi. Shu bois ular arqonni uzun tashlab, Odinaxon va uning nabirasini kuzatuvga oladi.

O‘rgangan ko‘ngil, o‘rtansa qo‘ymas , deganlaridek, Odinaxon ham uyida tinch o‘tirolmaydi: birovning peshona teri bilan topganini bir zumda qo‘lga kiritish uchun turli rejalar tuzadi va nihoyat, nabirasining qo‘lidan tutib yana Namangan shahriga keladi.

Uning bu galgi o‘lja si shahardagi Sharq tongi mahallasida joylashgan Joziba savdo do‘konidan chiqib qoladi. Shu joydan u-bu narsa xarid qilib ketayotgan Nargiza Ochilova do‘kondan chiqqach, biroz yuradi-da, negadir yana qaytib kelib, sotuvchi bilan suhbatga beriladi-da, yelkasidagi sumkasini ham unutadi.

Ayni mavridi keldi, ishga kirish, bolam, deya Odinaxon Barkamolning qo‘liga o‘tkir keskich jism beradi va hali hech narsaning fahmiga yetmaydigan o‘z jigarbandini jinoyatga bosh laydi. Bu gal ham omadi yurishgan buvi bilan nabira ovloqroq joyga kelib, qo‘lga kiritgan sumkani apil-tapil ochishadi. Uning ichida bo‘lgan tilla buyumlar, tilla taqinchoqlar,
jami 7 million 325 ming so‘mlik qimmatbaho buyumlarni olib, jabrlanuvchiga tegishli fuqarolik pasporti hamda bo‘sh qolgan sumkani butazorlar orasiga uloqtirishadi va voqea joyidan juftakni rostlashadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan viloyati sudi Odinaxonning qilmish lariga qonuniy baho berdi.

Kiritildi: 18:23 07.02.2019. O'qildi: 2706 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!