Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganda 7 tonnadan ziyod sumalak pishiriladi. Buning uchun qozon tayyorlanmoqda

Namanganda 7 tonnadan ziyod sumalak pishiriladi. Buning uchun qozon tayyorlanmoqda

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rekord hajmda sumalak pishirish uchun qozon tayyorlanmoqda. Bu haqda korxona matbuot xizmati Xalq so‘zi ga ma’lum qildi.

Ushbu idish Navro‘z ayyomini nishonlash kunlari Namanganda bo‘lib o‘tadigan Sumalak sayli turizm va milliy qadriyatlar festivali chog‘ida bayram sumalagini tayyorlash uchun kerak.

O‘tgan yilda tadbir tashkilotlari mazkur shirin taomdan besh tonna pishirgandi. Endi ular Ginnesning rekordlar kitobiga kirishlari uchun o‘z natijalarini yangilashmoqchi. Lekin bunga ulkan qozonni qayerdan olish lozim? Shahar rahbariyati kombinatimizga zarur o‘lchamlarda qozon va o‘choqni tayyorlab berishni iltimos qilishdi. Biz, albatta, ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladik va qozonni quyishga kirishdik , - deydi OTMK markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi texnik bo‘limi boshlig‘i D.Sartiboyev.

Uning diametri 3,8 metr, hajmi 7 ming litr, umumiy og‘irligi 4600 kilogramm, chuqurligi 1,1 metrga teng. Qozon qo‘yiladigan o‘choqning vazni esa 3,6 tonna bo‘ladi.

Yangi qozonda yetti tonnadan ortiq sumalak pishirish rejalashtirilgan.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 21:15 14.03.2019. O'qildi: 1965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!