Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Namanganda 45 mln so‘m qalbaki pullarni sotayotgan shaxs ushlandi

Namanganda 45 mln so‘m qalbaki pullarni sotayotgan shaxs ushlandi

Namangan viloyatida 45 million so‘m qalbaki pullarni 18 million so‘mga sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Chortoq tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro B.S. 100 va 200 ming so‘mlik kupyuradagi jami 45 mln so‘m qalbaki pullarni fuqaro M.X.ga 18 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs avval ham shu kabi jinoyatni sodir etgani uchun sudlangan bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:20. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!