Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Namangan universitetida o‘zgarish qilish vaqti kelgani aytildi

Namangan universitetida o‘zgarish qilish vaqti kelgani aytildi

Namangan viloyatida 6 ta davlat va 3 ta xususiy oliygoh bor. Ular ichida yetakchi bo‘lgan Namangan universitetida o‘zgarish qilish vaqti kelgani ta’kidlandi.

Universitetdagi 71 ta ta’lim yo‘nalishi 56 taga kamaytirilib, yangi adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlanadi. Ta’lim sifatini oshirish uchun o‘quv dasturlari yangilanadi.

Oliygohlardagi 65 ming talabadan 32 mingi boshqa viloyatdan kelib o‘qishini inobatga olib, oliygohlar atrofidagi 43 ta mahallada uy yotoqxonalarini tashkil etish topshirildi.

Ayni paytda yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning hisobotlari, tadbirkorlarning takliflari tinglanmoqda.

Kiritildi: 14:42 26.03.2024. O'qildi: 1010 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!