Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nahotki?! Yaqinda amaldorlar lavozimiga qarab mashina minadi

Nahotki?! Yaqinda amaldorlar lavozimiga qarab mashina minadi

18 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisda deputat Rasul Kusherbayev moliya vaziri Timur Ishmetovga nima sababdan ayrim hokimlar va boshqa amaldorlar atrofdagi pandemiya va iqtisodiy vaziyatni hisobga olmasdan, Chevroley Trail Balzer kabi qimmat avtomashinalar xarid qilayotgani haqida savol bergan edi.

Bunga javoban, ushbu masalada jamoatchilikni rozi qilish uchun Moliya vazirligi qisqa vaqt ichida (bir hafta) yangi qonun ishlab chiqishga tayyorligini bildirdi.

“Ushbu masalada jamoatchilik norozi bo‘layotgan ekan, biz har bir lavozimda ishlayotgan amaldor qanday turdagi xizmat avtomobili xarid qilishi mumkinligini qonun  tomonidan belgilab qo‘yishga majburmiz”, - dedi Timur Ishmetov.   

Lekin shu bilan birga, moliya vaziri oxirgi yillarda O‘zbekistonda ushbu sohada yuz berayotgan muhim o‘zgarishlarni ham aytib o‘tdi.

Bitta vazirlik tomonidan hokimliklarning barcha xarajatlarini hisob-kitob qilib borishning imkoni yo‘q. Yoki sotib olish mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan har bir narsaning ro‘yxatini tuzib chiqish, aniq ko‘rsatma berish yoki birorta vazirlik ruxsati bilan sotib olish - bu yana orqaga qaytish bo‘ladi.  

Biz borgan sari vazirliklarga va mahalliy byudjetlarga moliyaviy mustaqillikni berib boramiz. Mana, bizda davlat xaridlari portali ishga tushgan. O‘sha yerda davlat muassasalarining barcha xaridlari aniq qayd etib borilmoqda.

Shuning evaziga OAVda ushbu masalalar yoritilmoqda, mana Oliy Majlisda ham muhokamagacha yetib keldi. Demak, jamoatchilik nazorati ham kuchaymoqda. Bularning hammasi - ochiklik siyosatining mahsulidir. Vaqti kelib jamoat nazoratining o‘zi hammasini joyiga solib qo‘yadi, - dedi vazir.

Ma’lumot uchun, 16 noyabr kuni O‘zbekiston Hisob palatasi tomonidan Vazirlar Mahkamasi taklif qilgan davlat byudjetiga bir qator takliflar bildirilgan edi. Ana shu takliflardan birida, mahalliy hokimiyatlarning zaxira fondlari miqdorini umumiy byudjet xarajatlarining 1% o‘rniga 0,5 % qilib belgilash taklif etilgan edi. Bunga sabab mahalliy hokimliklar ushbu fond mablag‘larini asosan o‘z moddiy bazasini yaxshilashga, jumladan, avtomobil xarid qilishga sarflayotgani aytib o‘tilgan edi. 

Kiritildi: 07:25 20.11.2020. O'qildi: 4016 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!