Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nahotki?! Tramp o‘z shtabiga hukumatni topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Nahotki?! Tramp o‘z shtabiga hukumatni topshirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp hukumatni topshirish bo‘yicha o‘z shtabiga ko‘rsatma berganini aytdi. Bu haqda prezideni "Tvitter"dagi sahifasida yozdi.

«Men Emili Myorfiga (AQSh Umumiy xizmatlar ma’muriyati – General Services Administration) minnatdorchilik bildirmoqchiman. U oxirgi vaqtlarda tahdid va qo‘polliklar girdobida qoldi. U va oilasiga, shuningdek, xizmat xodimlariga yomonlik qilishlarini istamayman.

Bizning ishlar yomon ketmayapti va shu ruhda davom etishimiz, kurashishimiz kerak. Biz g‘olib bo‘lishimizga ishonaman. Mamlakat manfaati uchun Emeliga kerakli ishlarni boshlashini aytmoqchiman (hukumatni topshirish masalasi nazarda tutilmoqda). O‘z jamoamga ham shunday qilishni ko‘rsatma berdim», deb yozdi Tramp o‘z sahifasida.

Ma’lumot uchun, AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp saylov natijalariga ko‘ra mag‘lub bo‘lsa, amaldagi prezident sifatida saylovda yengilgan oxirgi 28 yildagi ilk siyosatchi bo‘ladi. Oxirgi marta 1992 yil katta Jorj Bush amaldagi prezident sifatida saylovda Bill Klintonga katta farq bilan mag‘lub bo‘lgandi.

Kiritildi: 07:10 24.11.2020. O'qildi: 2227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!