Yaponiyalik olimlar koronavirus bilan og‘rigan bemorlar holatini kuzatib borish uchun maxsus mayka ixtiro qilishdi. “Aqlli” mayka Mitsufuji kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Yangi texnologiyalar tufayli ushbu mayka yurak qisqarishlari va nafas olishlar soni kabi bir qator salomatlik ko‘rsatkichlarini tekshirib boradi. Shundan so‘ng olingan ma’lumotlar matoda o‘rnatilgan dantchiklar orqali martfon va planshetga yuboriladi.
Nashrning xabar qilishicha, may oyida Kioto prefekturasining hukumat a’zolari mana shunday biometrik smart kiyimlardan 50 donasini tibbiyot xodimlarga taqdim etishgan. “Bu hamshiralarga bemor bilan kontaktga kirishmay turib ham uning salomatligini kuzatish imkonini beradi”, deydi mer Kemasa Sato.