Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nahotki?! Filippin prezidenti fuqarolarga poraxo‘r amaldorlarni o‘qqa tutishga ruxsat berdi

Nahotki?! Filippin prezidenti fuqarolarga poraxo‘r amaldorlarni o‘qqa tutishga ruxsat berdi

Filippin prezidenti Rodrigo Duterte fuqarolarga pora talab qiladigan amaldorlarni o‘qqa tutishga ruxsat berdi. Shu bilan birga ularni o‘ldirib qo‘ymaslikni so‘radi.

RIA Novostining yozishicha, bu haqda mamlakatning Manila Bulletin gazetasi xabar tarqatgan.

Duterte keyinchalik qamoqqa tushmaslik uchun poraxo‘rlarning oyog‘iga qarata o‘q uzishni taklif qilgan.

“Agar siz soliq, yig‘im, bojxona to‘lovlari va hokazolarni to‘lab borsangiz, bu ahmoqlar esa pora talab qilsa, ularga musht tushiring. Qurolingiz bo‘lsa, ularni otishingiz mumkin, lekin o‘ldirib qo‘ymang. Chunki sud jarayonida afv qilinmasligingiz mumkin”, - deya ma’lum qilgan Filippin yetakchisi.

Duterte qonunni buzgan amaldorni otgan har qanday kishiga nisbatan faqat jiddiy jismoniy jazo qo‘llanishini aytgan. 

Prezidentning fikriga ko‘ra, korrupsiya mamlakatda keng tarqalgan muammoga aylangan. “Bu hukumatdagi deyarli har bir kishining ichida o‘tirgan qurt”, - degan o‘z chiqishida.

Prezident fuqarolarni o‘z huquqlarini himoya qilishga va amaldorlar ishtirokidagi har qanday korrupsiya yoki qonunbuzarlikni xabar qilishga chaqirgan.

Kiritildi: 11:30 15.09.2019. O'qildi: 2656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!