Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Nahotki! AQSh havo kuchlari o‘zga sayyoraliklar texnologiyalarga ega bo‘lishi mumkin

Nahotki! AQSh havo kuchlari o‘zga sayyoraliklar texnologiyalarga ega bo‘lishi mumkin

AQSh havo kuchlari uchuvchisi Devid Fravor 2004 yilda San-Diyego sohilida NUJ bilan to‘qnashgan birinchilardan. Ammo Pentagon hali ham ushbu voqea to‘g‘risida aniq javobga ega emas, deydi “Daily Star”.

Nashrning ta’kidlashicha, ushbu uchuvchi tomonidan tasvirga olingan noodatiy NUJ eng mashhurlardan biriga aylangan. Pentagon esa o‘sha paytda uchuvchiining aynan nima bilan yuzlashgani haqida hech narsa bilmasligini rasman e’lon qilgan.

Biroq, endilikda Fravor allaqachon bir nechta mamlakatlar hukumatlarida o‘zga sayyoraliklar texnologiyalari borligini va butun dunyoda ularning faol ravishda ishlatilinayotganligini aytmoqda.

Uchuvchining so‘zlariga ko‘ra, AQSh hukumati ham o‘zga sayyoraliklar texnologiyalarga egalik qilishi va uni ehtiyotkorlik bilan yashirishi ehtimoli katta.

Hukumatlar ilmga noma’lum texnologiyalarga ega bo‘lishlari mumkin, masalan, halokatga uchragan g‘ayritabiiy apparat yoki uning parchalarini topish orqali. Bu har qanday narsa bo‘lishi mumkin - noma’lum metall parchasidan to biologik moddaga qadar.

Amerikalik uchuvchi ba’zi bir g‘ayritabiiy texnologiyalarning allaqachon uchuvchisiz parvoz vositalarida qo‘llanilayotganligini istisno qilmayapti.

Zero, uning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda ushbu yo‘nalishda sezilarli yutuqlar kuzatilmoqda.

 

Kiritildi: 22:00 22.09.2020. O'qildi: 3125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!