Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Nahotki?! Aleksandr Lukashenkoning shaxsiy mashinasi va ko‘chmas mulki yo‘qmi?

Nahotki?! Aleksandr Lukashenkoning shaxsiy mashinasi va ko‘chmas mulki yo‘qmi?

Belarus Markaziy saylov komissiyasi mamlakat prezidentligiga nomzodlarning daromadlari to‘g‘risidagi deklarasiyalarni e’lon qildi. Amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenkoning ko‘chmas mulki va avtomobillari mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi.

Lukashenkoning deklarasiyasiga ko‘ra, u 2019 yilda ish haqi sifatida 117 ming Belarus rublidan (48 ming dollar) ko‘proq daromad olgan. Deklarasiyaning «ko‘chmas mulk (yashash uylari, yer uchastkalari, kvartiralar, garajlar va boshqa binolar, qurilmalar) qatoriga hamda «boshqa mulklar» qatoriga «yo‘q» belgisi qo‘yilgan.

Bundan tashqari, deklarasiyada Lukashenko hali ham Galina Radionovna Lukashenko bilan nikohda ekanligi ko‘rsatilgan.

Lukashenkoning rafiqasi Mogilev viloyati Shklov tumanidagi uy, yer uchastkasi va yana bir uyning yarmiga egalik qiladi. Bundan tashqari, unga Shklovdagi yog‘ ishlab chiqarish zavodining 56 dona aksiyasi tegishli.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda prezidentlik saylovlari 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 11:30 16.07.2020. O'qildi: 3590 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!