Nacho «Real»ni tark etib, «Al Qodisiya»ga o‘tadi.
Insayder Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, ispaniyalik himoyachi Saudiya klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
Barcha hujjatlar tekshirilib, tasdiqlangach, 34 yoshli futbolchi «Al Qodisiya» bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi.
Yakunlangan mavsumda Nacho «Real» safida 45 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma’lumot uchun, «Al Qodisiya» o‘tgan mavsumda Saudiya birinchi divizionida chempion bo‘lib, proligaga yo‘l olgan.