Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

"MYu" hujumchisining mashinasi halokatga uchradi

"MYu" hujumchisining mashinasi halokatga uchradi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshfordga tegishli mashina avariyaga uchradi, futbolchining o‘zi esa mashinada bo‘lmagan. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Reshfordning mashinasini mast haydovchi boshqarib kelayotgan "Mersedes" urib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, futbolchining mashinasida haydovchi va "Manchester Yunayted" himoyachisi Tirell Malasia bo‘lgan. Reshfordning o‘zi boshqa mashinada kuzatib kelayotgan edi.

To‘qnashuvdan so‘ng jabrlanganlarga shifoxonaga borish tavsiya qilingan.

2022/2023 yilgi mavsumda angliyalik hujumchi barcha turnirlarda 56 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda Reshford barcha musobaqalarda 43ta o‘yinda qatnashib, sakkizta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 13:30 27.07.2024. O'qildi: 639 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!