Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Myanmada «Yagi» to‘foni qurbonlari soni 384 kishiga yetdi

Myanmada «Yagi» to‘foni qurbonlari soni 384 kishiga yetdi

Myanmada «Yagi» to‘foni sabab suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 384 nafarga yetdi.

Mamlakat harbiy ma’muriyati 89 kishi hamon bedarak yo‘qolganligini tasdiqladi.

To‘fon Kaya va Kayin shtatlari kabi ko‘plab viloyatlarga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, yo‘llar, ko‘priklar, uylar va maktablarga zarar yetkazdi.

Harbiy ma’muriyat rahbari general Min Aung Xlaing boshqa harbiy amaldorlar bilan birga jabrlangan hududlarga tashrif buyurib, qutqaruv va tiklash ishlarini nazorat qildi.

Taxminan bir haftadan beri davom etayotgan «Yagi» to‘foni Vetnam shimoli, Laos, Tailand va Myanmani bosib o‘tib, yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilarga sabab bo‘ldi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Myanmadagi tabiiy ofat qurbonlari soni 887 ming kishiga yetgan.

Kiritildi: Bugun 12:27. O'qildi: 189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!