Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Myanma hukumati rohinjalar genosidini tan olmayapti

A A A
Myanma hukumati rohinjalar genosidini tan olmayapti

Myanma hukumati Rakxayn shtatidagi musulmon rohinjalar genosidga uchragani haqidagi BMT xulosasini rad etdi. Bu haqda mamlakat prezidenti devonxonasi matbuot kotibi Yu Zou Xtay ma’lum qildi, deya xabar bermoqda The Global New Light Of Myanmar.

Uning aytishicha, hukumat BMT missiyasining Myanma armiyasi genosid, insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarga qo‘l urgani haqidagi fikrlariga qo‘shilmaydi. 

“Biz missiya xodimlarining Myanmaga kirishiga ruxsat bermaganmiz, shuning uchun Inson huquqlari bo‘yicha kengashning hech bir rezolyusiyasiga qo‘shilmaymiz”, – dedi matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, BMTning Myanmadagi inson huquqlari buzilishini o‘rgangan missiyasi mamlakatning harbiy yetakchilarini musulmon rohinjalarni genosid qilishda aybladi. BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi esa Xavfsizlik Kengashini rohinjalar qirg‘iniga aloqadar shaxslarga sanksiya qo‘llashga chaqirdi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 10:48 29.08.2018. O'qildi: 1277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik