Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

“Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar kiritilmoqda

“Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonunga qo‘shimchalar kiritilmoqda

Tegishli hujjat prezident SH.Mirziyoyev tomonidan imzolandi. Unga ko‘ra:

➖ muzeylarga ularni tashkil etish maqsadlariga mos bo‘lgan faoliyat turlarini o‘z ta’sis hujjatlariga muvofiq amalga oshirishiga ruxsat berilmoqda. Bunda, muzeylar muzey ashyolarining but saqlanishini ta’minlaydi;

➖ davlat muzeylariga pulli xizmatlar ko‘rsatishdan, xayriyalardan va boshqa manbalardan kelib tushadigan mablag‘lar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish hajmini belgilashda hisobga olinmasligi va ushbu mablag‘lar hisobiga byudjetdan moliyalashtirish miqdori kamaytirilmasligi belgilanmoqda.

Shuningdek, bunda ko‘rsatilgan mablag‘lardan davlat muzeylarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ilmiy salohiyatini oshirish va ularni targ‘ib qilish hamda qonunchilikda belgilangan boshqa maqsadlar uchun foydalanish nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlash joiz, amaldagi “Muzeylar to‘g‘risida”gi Qonunda (2008 yil) muzeylar notijorat madaniyat muassasasi ekanligi belgilangan. Bu o‘z navbatida, muzeylarning pulli xizmatlar ko‘rsatishi va boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirishiga ta’sir ko‘rsatayotgan edi.

Ma’lumot uchun, hozirda 124 ta muzey faoliyat olib bormoqda, shundan 116 tasi davlat va 8 tasi nodavlat muzey hisoblanadi.

Kiritildi: 19:58 26.11.2021. O'qildi: 1807 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!