Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Musulmonlarning qotili ustidan yakuniy qaror chiqariladi

Musulmonlarning qotili ustidan yakuniy qaror chiqariladi

Bugun Gaagadagi BMT sudida bosniyalik serblar yetakchisi Radovan Karajich ustidan yakuniy qaror chiqarilishi kutilmoqda. Bu haqda azon nashri xabar tarqatdi.

Uch yil muqaddam sobiq Yugoslaviya bo‘yicha xalqaro tribunal uni 40 yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror qilgan edi. Karajich bir qator jinoyatlarda, xususan, Srebrenisadagi genosidda aybdor deb topilgan.

Biroq Karajich aybini tan olmadi va xalqaro tribunal qarori siyosiy vajlarga bog‘liq ekanini aytib, qaror ustidan shikoyat qildi. O‘z navbatida ayblov tomoni ham qarordan mamnun emas: Karajichning bir umrga ozodlikdan mahrum etilishini istayapti.
73 yoshli Radovan Karajich 13 yil davomida qochib yurgan va 2008 yilda Belgradda qo‘lga olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, 1995 yilning iyulida Bosniyaning Srebrenisa shahrida kamida 8372 nafar musulmon serb harbiylari tomonidan shafqatsizlarcha qirib tashlangan.

Kiritildi: 14:02 20.03.2019. O'qildi: 3463 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!