Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Musulmonlar idorasi: masjidlar har kuni ishlaydi!

Musulmonlar idorasi: masjidlar har kuni ishlaydi!

Maxsus komissiya qarori bilan 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2070 ta jome masjidlar o‘z eshiklarini yana mo‘min-musulmonlarga ochadi.

Ayrim sayt va ijtimoiy tarmoqlarda masjidlar haftada 4 kun ishlaydi, juma, shanba va yakshanba kunlari esa faoliyat ko‘rsatmasligi haqidagi xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi bunga izoh berib, bunday mazmundagi xabarlar anglashilmovchilik oqibati ekanligini ta’kidladi.

Bayonotda aytilishicha, masjidlar haftada har kuni o‘z ish faoliyatini olib boradi, faqat juma namozi epidemiologik vaziyat barqarorlashgunga qadar vaqtincha ado etilmay turadi. 

P.S.: Maxsus komissiya qaroridagi "juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar" deyilganda, turli din vakillarining (islom, xristian, yahudiylik va h.k.) katta diniy tadbirlari nazarda tutilgan.

Kiritildi: 15:34 13.08.2020. O'qildi: 2717 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!