Bugun 19 mart, 2024 yil, seshanba

КИР

«Musulmon uchun bu ishlar sharmandagarchilik». Muhammad Salohning model bilan tushgan suratlari tanqidlarga sabab bo‘ldi (foto)

«Musulmon uchun bu ishlar sharmandagarchilik». Muhammad Salohning model bilan tushgan suratlari tanqidlarga sabab bo‘ldi (foto)

Liverpul hujumchisi Muhammad Saloh taniqli model Alessandro Ambrossio bilan fotosessiyada ishtirok etdi. Ammo, ushbu suratlar Misrlik forvardning muxlislariga yoqmadi va bir qancha tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Suratlarning birida Ambrossio Salohning orqasida turib uni quchoqlagani aks etgan. Shuningdek, OAVda fotosessiyadan tayyorlangan video ham tarqalgan. Videoda yulduzlar hursandligini ko‘rish mumkin. Misrdagi ko‘pchilik odamlar musulmon jamiyatida ulg‘aygan va oilali erkak sifatida Salohning bu xatti-harakatlarini noma’qul, deb hisoblashgan.

«Tasavvur qiling-a,  turmush qurgan musulmon ayol buni qilgandami»,  deb izoh qoldirdi Tvitter foydalanuvchisi.  «Musulmon uchun bu ishlar sharmandagarchilik», deb izoh qoldirdi Instagram foydalanuvchilaridan biri.

Dunyo bo‘ylab o‘n millionlab muxlislarga ega bo‘lgan futbolchi hali bu izohlarga javob qaytarganicha yo‘q.

Muxlislar orasida uni oqlovchilar ham bo‘ldi. Ularning aytishicha, Saloh faqatgina Misrda emas, balki butun dunyo miqyosidagi yulduz inson hisoblanadi va uning model bilan tushgan suratlari tanqidiy qabul qilinmasligi kerak.

Kiritildi: 08:30 20.10.2019. O'qildi: 9643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!