Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Musulmon olima prosessorlarning yangi turini kashf qilib "Yil yutuqlari" mukofotini oldi

Musulmon olima prosessorlarning yangi turini kashf qilib "Yil yutuqlari" mukofotini oldi

Misrlik olima Elham Fadaliyning kremniy asosida yorug‘lik chiqaradigan material yaratishda muvaffaqiyatga erishdi.  Physics World jurnali Fadaliy erishgan natijalarini dunyoda fizikada birinchi raqamli yutuq deb atadi.  

Yorug‘lik ilmiy jihatdan g‘alati hodisa. Uni boshqarish olimlardan katta kuch talab qiladi. 

Musulmon ayol kelajak muhandisi.

Shubhasiz, biz hozirgi mis asosidagi kompyuter chiplari bilan hisoblash texnikalari rivojining chegarasiga yetgandek bo‘lamiz. Agar biz yanada yaxshi ko‘rsatkichlarga erishmoqchi bo‘lsak, ularni almashtirish kerak. Kremniy biz kutgan almashtirishga o‘xshaydi. Ammo u yorug‘likni yaxshi tarqatmaydi. Agar kimdir kremniyning nurni yaxshi tarqatadigan usulini topa olsa, kimdir kremniy lazerining kompyuter chiplariga joylashtirilishi uchun yo‘l ochsa, bu hisoblash texnikalarida inqilob bo‘lar edi.

Ma’lum bo‘lishicha, shunday odamlar topilgan. Bu misrlik olima Elham Fadaliy bo‘ldi. Niderlandiyadagi Eyndxoven Texnik universitetida u va uning hamkasblari optik aloqa hamda kimyoviy datchiklarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kremniyga asoslangan material yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.

Yaratilish jarayonida olimlar odatdagi olmos shakli o‘rniga olti burchakli kremniy-germaniy kristallarini o‘stirganlar. Buning uchun ular ushbu qotishmadan infraqizil nurni qayta ishlashi uchun nanotarmoqlarni yaratishi kerak edi. Bu juda katta yutuqdir - Physics World xalqaro ilmiy jurnali buni birinchi raqamli yutuq deb atashi bejiz emas.

Physics World Bristolda (Buyuk Britaniya) dunyoga mashhur Fizika institutining nashridir. U har yili fizikadagi yangi kashfiyot uchun "Yil yutuqlari" mukofotini taqdim etadi.

Kiritildi: 11:42 26.12.2020. O'qildi: 3503 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!