Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Musofir yurtda ro‘za tutish farzmi?

A A A
Musofir yurtda ro‘za tutish farzmi?

«Islom.uz» foydalanuvchilaridan biri musofirchilikda ro‘za tutish farz yoki yo‘qligi haqida qiziqib savol berdi. Bunga javoban, kishi musofir yurtda 15 kundan ortiq vaqt davomida bo‘lsa, ro‘za tutish unga farz ekanligi ta’kidlandi.

«Men musofir yurtda ishlayman. Alloh qodir qilib ro‘za tutyapman, lekin ba’zida otam: ‘Tinmay mehnatdasizlar, qiyinchilik bo‘lsa tutmagin, men ota bo‘lib aytayapman, uzoq joydasan, Alloh nasib qilsa kelganingda tutaverasan’, —degan edilar. Men baribir ro‘zani tutyapman. Bir tarafda otamning so‘ziga quloq solmagan hisoblanib qolmaymanmi?» — deyiladi savolda.

Sayt ma’muriyati esa quyidagicha javob berdi: «Siz musofir yurtda bo‘lsangiz-da, 15 kundan ko‘proq bir joyda turishni niyat qilganingiz uchun muqim hisoblanasiz va zimmangizga ro‘za tutish farzdir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hadisi muboraklarida : ‘Allohga osiy bo‘ladigan o‘rinlarda maxluqqa itoat qilinmaydi’, — deganlar».

Manba: sof.uz

Kiritildi: 06:31 04.06.2018. O'qildi: 2117 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik