Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

“Muslim TV” internet telekanali ish boshladi

A A A
“Muslim TV” internet telekanali ish boshladi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “ITV.UZ” interaktiv televideniyesi bilan hamkorlikda “Muslim TV” internet telekanali yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilmoqda.

Foydalanuvchilar “ITV.UZ”ga ulanish orqali “Muslim TV” kanalini internet tarmog‘idagi itv.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tgan holda ko‘rsatuvlarni tomosha qilishi mumkin.

Mobil qurilmalar uchun esa itv.uz mobil ilovasini ko‘chirib olgan holda internet telekanalini kuzatish mumkin bo‘ladi.

Ushbu internet telekanal barchamiz uchun manfaatli bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolamiz!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Kiritildi: 11:53 29.05.2018. O'qildi: 1798 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik