Olimlar hind okeani tubidan kattaligi mushukdek keladigan suvosti suvaragini topishdi...
Singapurlik biologlar guruhi a’zolari Hind okeaniga yer yuzida juda kam uchraydigan jonivorlarni tutish, ularni laboratoriya sharoitida chuqur o‘rganish maqsadida tashrif buyurishgandi. Haqiqatan, hind okeani kamyob va fanga umuman ma’lum bo‘lmagan jonzotlarga boy. Okeanda qonxo‘r va tanasi arradan-da o‘tkir qisqichbaqalarni ham uchratsa bo‘ladi. Ularni ham hali olimlar to‘liq o‘rganib chiqishga ulgurishmagan.
Eng ajablanarlisi shu bo‘ldiki, Singapur olimlari suv ostidan hajmi mushuk hajmiga teng suvosti suvaragini topishdi. Bunaqasi hali bo‘lmagandi. Olimlarning o‘zi ham birinchi marta bunday jonzotga duch kelishi ekan.
Nasib bo‘lsa, suvosti ulkan suvaragini yaqin vaqtlar ichida laboratoriya sharoitida o‘rganishadi, kerak bo‘lsa boshqacha usullar yordamida suvarakning xususiyatlari va boshqa jihatlari aniqlanib, keng omma e’tiboriga havola etiladi.