Bugun 20 avgust, 2026 yil, payshanba

КИР

Murod Abduazimov Bo‘ka tumani hokimi etib tayinlandi

Murod Abduazimov Bo‘ka tumani hokimi etib tayinlandi
Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi maqsad va vazifalarning ijrosi yuzasidan tahliliy ma’ruza qildi. Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. ​Bo‘ka tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Sardor Isoqulov avvalroq boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mazkur lavozimdan ozod etilgan edi. ​Zoyir Mirzayev Bo‘ka tumani hokimi lavozimiga ayni paytda "Agrobank" ATB Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Abdazimov Murod Ilhomovich nomzodini tavsiya qildi. ​Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi Murod Abdazimovni tuman hokimi etib tasdiqladi.
Kiritildi: Bugun 12:44. O'qildi: 649 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!