Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Munofiqlarning misoli

Munofiqlarning misoli

Riyo uchun imon kalimalarini aytgan munofiqda yorug‘lik bor edi, go‘yoki olov yoqib uning yorug‘ida yurib borayotgan kishida olov yonib turgan vaqtda yorug‘lik bo‘lgani kabi. Imondan kechganda esa olovini o‘chirib qo‘yib, zulmatda qolgan kishiga aylandi. Endi u to‘g‘ri yo‘l ham topmaydi, buni ko‘ra ham olmaydi. So‘ngra Alloh dedi: “Alloh nurlarini ketkazdi” (Baqara, 17), ya’ni (riyo uchun) gapirgan “imon”larini ketkazdi. Ularni zulmatda ko‘ra olmaydigan qilib qoldirdi. Ular zalolatda bo‘lib, hidoyatni ko‘rmaydilar. Bu Muqotilning qavli.

Qatoda esa shunday degan: “Bu masalni Alloh taolo zohiran imon keltirgan munofiq haqida keltirgan. Ushbu imoni bilan u uylangan, meros olgan, moli va jonini saqlagan. O‘lim talvasasi kelganda ham (dili bilan) tasdiq etmagani uchun, imon kalimasi undan olib qo‘yildi, endi u azob va zulmatda qoldi. Bu holatda ham Alloh subhonahu va taolo haqiga hayotlik chog‘ida qilgan muomalasi singari hayron bo‘lib qolaverdi”.

Mujohid (rahimahulloh) esa bunday degan: “Olov uning atrofini mo‘minlarga yuzlanganda yoritgan, mushriklarga yuzlanganda nurini ketkazgan. Munofiqning qalbi qiya turadi. Uning ustida hech narsa barqaror tura olmaydi. Har gal unga haqiqat nuri chaqnasa, boshqa tomonidan chiqib ketadi. Uning qalbi yumronqoziqning iniga o‘xshaydi, bir teshikdan kirib, boshqasidan chiqib ketadi”.

Manba: hidoyat. uz

Kiritildi: 06:00 23.02.2020. O'qildi: 2591 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!