2026 yilgi jahon chempionatining “K” guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birga joy olgan Portugaliya futbolchilari o‘z oldiga katta maqsad qo‘ygan.
Jamoa yetakchilaridan Brunu Fernandesh mundial oldidan o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Jahon chempionati biz uchun har doim alohida ahamiyatli turnir hisoblanadi. Biz o‘z mamlakatimizni himoya qilamiz. Bu faoliyatimizdagi eng muhim va yorqin lahzalardan biri.
Eng katta kuchimiz – jamoaviy birlik. Bu barchaga ko‘rinib turibdi va milliy jamoamiz uchun katta ustunlik hisoblanadi.
Asosiy maqsadimiz – jahon chempionatini yutish.
Finalga chiqib, u yerda istalgan raqibga qarshi o‘ynashning o‘zi ajoyib bo‘lar edi. Biz bu natijaga hali hech qachon erishmaganmiz. Bu haqiqiy orzu.
Men, eng avvalo, Portugaliyaning chempion bo‘lishini istayman, - dedi Brunu Fernandesh.
Portugaliya milliy terma jamoasi “JCH-2026”ning K guruhida O‘zbekiston milliy terma jamoasidan tashqari, Kolumbiya va Kongo demokratik Respublikasi vakillari bilan ham o‘ynaydi.