Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

MUNDIAL KUNDALIGI: finaldan oldingi finallar

A A A
MUNDIAL KUNDALIGI: finaldan oldingi finallar
Bugun Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionatining chorak final bahslariga start beriladi. Bugun favorit sifatida ko‘rilayotgan jamoalarning to‘rttasi maydonga tushadi. To‘g‘ri, ushbu mundial ongimizdan favorit yoki autsayder degan tushunchani olib tashlayapti. Biroq baribir shu bosqichgacha yetishning o‘zi bo‘lmaydi. Demak, bugungi o‘yinlar bilan tanishing.
Urugvay – Fransiya
 
jnapuxjmi8qjy5t890ix.jpg

“Nijniy Novgorod” stadioni, Nijniy Novgorod

19:00

Dastlab Urugvay terma jamoasi Didiye Desham shogirdalariga qarshi maydonga chiqishadi. O‘zga sayyoradan kelgan ikkita yulduzni o‘z termalari bilan uylariga ravona qilgan mazkur jamoalardan birining ham bu oqshom safari qariydi. Albatta, bu oson kechmaydi. Xo‘sh, ushbu termalar shu kungacha necha bor kuch sinashishgan? Jamoalar bundan oldin 7 bor kuch sinashgan va undan to‘rttasi 0-0 hisobi bilan yakunlangan. Bir o‘yinda fransuzlar va qolgan ikki bahsda Janubiy amerikaliklar g‘alaba qozongan. O‘yinlarning uchtasi mundiallarga to‘g‘ri keladi hamda ularning ikkitasi Urugvayning g‘alabasi bilan bittasi durang bilan o‘z nihoyasiga yetgan. Bu chempionatdagi uchrashuvga argentinalik hakam Nektor Pitana “brigada”si tayinlangan.
 
Braziliya – Belgiya
 
s1actolhtjnwzi2utgt2.jpg
 
“Qozon arena”, Qozon
 
23:00
 
Kunning ikkinchi o‘yinida Janubiy Amerikaning boshqa bir termasi - Braziliya Yevropa vakili Belgiya bil kuch sinashadi. Ikkala jamoaning ham hujumkor termalar ekanligini inobatga olsak, o‘yin gollar yomg‘iri ostida o‘tsa ajab emas. Bugungi o‘yinni inobatga olmaganda jamoalar 4 marta maydonga chiqishgan. Shundan uchtasida Braziliya va bir o‘yinda Belgiya zafar quchgan. Ana shu bahslarning bittasi jahon kubogiga to‘g‘ri keladi va unda Janubiy amerikaliklar 2-0 hisobida g‘alaba qozongan. Bugungi uchrashuvda bosh hakam sifatida serbiyalik Milorad Majich ishlaydi.
O‘zA
Kiritildi: 15:51 06.07.2018. O'qildi: 1566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik