Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Muhtasham 100 yil"dagi Rustam posho karyerasini yakunladi. U 13 yilga qamalishi mumkin

"Muhtasham 100 yil"dagi Rustam posho karyerasini yakunladi. U 13 yilga qamalishi mumkin

Mashhur turk aktyori Ozan Gyuven "Vavilon" serialida suratga tushishdan bosh tortib, boshqa loyihalarni ham rad etdi. Bu haqda 15-avgust, shanba kuni Geje axborot nashri yozmoqda.

"Vavilon" prodyuseri Ay Yapim bu haqda shunday yozadi:

"Aktyor Ozan Gyuven kelgusi oylarda bo‘lib o‘tadigan sud jarayoni munosabati bilan o‘z karyerasini tugatish istagini bildirdi. Biz uning qarorini hurmat qilamiz va o‘zaro hamkorlikni to‘xtatamiz.

Oldinroq turk aktyoriga qarshi zo‘ravonlik bo‘yicha ish ochilgan edi. Ma’lumot uchun, Gyuvenning sobiq rafiqasi Deniz Bulutsuz aktyorga qarshi sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan va hozirda Gyuvenga 13 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda.

Ozan Gyuven o‘zbek kinoixlosmandlariga "Muhtasham 100 yil" serialidagi Rustam posho obrazi orqali tanish.

Kiritildi: 11:27 15.08.2020. O'qildi: 6008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!