Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Muhim ob’ektda sodir bo‘lgan favqulotda holatni harbiylar qay tarzda bartaraf etdi?

Muhim ob’ektda sodir bo‘lgan favqulotda holatni harbiylar qay tarzda bartaraf etdi?

Mudofaa vazirligi Toifalangan ob’ektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligiga davlatimiz iqtisodiyotiga ulkan hissa qo‘shadigan muhim ob’ektlarni qo‘riqlash vazifasi yuklatilgan.

Harbiy xizmatchilarning jangovar shayligini oshirish, ko‘nikmasini mustahkamlash, nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazish borasida qo‘mondonlikning navbatdagi o‘quv-mashg‘uloti Sirdaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.

         Qo‘mondonlik nafaqat ob’ektga hujum bo‘lganida uni bartaraf etadi, balki turli tabiiy va texnogen vaziyatlarda ham ma’lum reja asosida harakat olib boradi. Bu galgi o‘quv-mashg‘uloti avvalgilaridan biroz farqli ravishda qo‘riqlanayotgan ob’ektda favqulotda vaziyatlar ro‘y bergan payt harbiy xizmatchilarning bajaradigan vazifalariga qaratildi. Bunda hamkorlikdagi kuch tuzilmalari bilan birgalikda olib borilgan harakatlar bir-birini anglash yo‘lida ham ahamiyatlidir.

         Ob’ektning muhim qismida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu tabiiy ofatmi yo inson omili aralashuvimi – noma’lum. Ma’lumi, agar vaziyat o‘nglanib, xavf bartaraf etilmasa, ish taqa-taq to‘xtashidan tashqari minglab odamlar hayoti xavf ostida qoladi. Shuning o‘zi ham o‘quv-mashg‘ulotining qanchalik muhim va dolzarb ekanligini ko‘rsatib turibdi.

         Holat haqida tezkor xabar olgan guruh zudlik bilan «Trevoga» signali ila jangovar shaylikka keltirildi. Bu paytda hamkorlikdagi kuch tuzilmalariga ham xabar berilgan edi. Rejaga muvofiq, qurshov guruhi voqea joyiga yetib kelib, vaziyatni nazorat ostiga oldi. Hamkor kuch tuzilma xodimlari yetib kelgach, yong‘inni bartaraf etish, hududdagi ishchi-xizmatchilarni evakuasiya qilish bo‘yicha harakatlar amalga oshirildi.

         Tarixdan ma’lumki, bir-biriga qarshi urush ochgan ikki tomon kamdan-kam vaziyatlarda o‘zaro kelishuv asosida jang harakatlarini olib borgan. Shunga ko‘ra, harbiy xizmatchilar bir lahza bo‘lsa-da, hushyorlikni qo‘ldan boy bermay qo‘riqlanayotgan hududning har bir nuqtasida kuchaytirilgan tartibda xizmat vazifasiga kirishdi.

         Yong‘inga qarshi kurash muvaffaqiyatli yakunlanish arafasida. Ob’ektning yuqori qismida qolib ketgan ishchilar birin-ketin xavfsiz joyga o‘tkazilyapti. Bu vaqtda esa vaziyatni kuzatib turgan ob’ekt rahbariyati va hamkor kuch tuzilmalari mas’ul xodimlari holat bo‘yicha fikr almashish bilan band.

         – Bizga davlatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan birini mudofaa qilish ishonib topshirilgan, – deydi qo‘riqlash vzvodi texnik nazoratchisi serjant Oybek Ergashev. – Men safdoshlarim nomidan ham bemalol ayta olamanki, biz bu ishonchni to‘la-to‘kis oqlaymiz. Bugungi o‘quv-mashg‘ulotida real vaziyatlarda olib boradigan harakatlarimizni yana bir bor ko‘rib chiqdik. Bu, albatta, jangovar shayligimizni oshirib, har qanday vaziyatga tayyor turishimizda qo‘l keladi.

          

 

 

 

Kiritildi: 18:17 20.12.2019. O'qildi: 4269 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!