Istanbulning «Beshiktosh» klubi hujum chizig‘ini yulduz futbolchi bilan kuchaytirishni istamoqda. Insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Turkiya klubi urugvaylik Darvin Nunyes bilan muzokara olib bormagan.
Istanbul jamoasi shu yozda «Liverpul»ni tark etgan misrlik yulduz Muhammad Saloh transferiga e’tiborini qaratgan. 34 yoshli afrikalik futbolchi bilan shartnoma imzolash «qora burgutlar»ning asosiy va ustuvor maqsadi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Saloh 2017 yildan beri «Liverpul» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Muhammad 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi o‘z hisobiga 7 ta gol va 7 ta golli uzatma yozib qo‘ygan.