Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Muhabbati rad etilgan ayol sobiq sevgilisiga 4972 ta SMS xabar yubordi...

Muhabbati rad etilgan ayol sobiq sevgilisiga 4972 ta SMS xabar yubordi...

Avstraliyalik 56 yoshli ayol Sheril Bruks o‘tgan yili Lukas Strudvik degan plastik jarroh bilan tanishib qolgandi. Aniqrog‘i, Lukas jarroh, Sheril esa mijoz sifatida tanishishgan. Keyinchalik sevishganlarga aylanishdi. Uchrashib yurishdi. Lekin ajoyib kunlarning birida sevgilisi Sherildan butkul voz kechdi. Uning ovozini eshitmaslik uchun telefon raqamini ham o‘zgartirdi. Ammo bu yordam bermadi.
Muhabbat iztirobidan azobda qolgan ayol 2018 yil fevralidan dekabrigacha sobiq sevgilisiga qo‘ng‘iroq qilaverdi. Yangi raqamini ham aniqladi. Qo‘ng‘iroqlariga javob bo‘lmagach, SMS xabarlar yuborishga tushdi. Barcha SMS larning mazmuni deyarli bir xil edi. Sevgilim, sensiz yashay olmayman!..

Dekabrgacha u jo‘natgan SMS lar soni 4972 taga yetibdi. Avstraliya qonunlari buncha miqdordagi SMS xabarlarni taqiqlar ekan. Sherilni sudga chaqirishdi va 1200 Avstraliya dollari miqdoridagi jarimaga tortishdi. Bundan tashqari, Sheril ulangan mobil aloqa kompaniyasi uni qora ro‘yxatdagilar qatoriga kiritadi.

Manba: zamin.uz

Kiritildi: 04:45 16.02.2019. O'qildi: 1733 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!