Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Muftiy: «Hech kim internetda o‘tkazgan vaqti uchun qiyomatda javob berishini unutmasligi kerak»

Muftiy: «Hech kim internetda o‘tkazgan vaqti uchun qiyomatda javob berishini unutmasligi kerak»

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov internetdan to‘g‘ri foydalanish kerakligi haqida fikr bildirdi.

«Allohning ne’matlarini sanab adog‘iga yeta olmaymiz. Hozir eng katta ne’matlardan biri — internet. Ammo bu ne’matdan to‘g‘ri foydalanmaslik ofat, balo. Bugun hamma internetdan foydalanadi. Lekin undan to‘g‘ri, ezgu maqsadlarda foydalanish kerak.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning buyuk hadislari bor: «Inson bolasi borki qiyomatda quyidagi narsalardan so‘ralmasdan turib bir qadam ham bosolmaydi». Ya’ni, Alloh mana shu savollarga javob olmasdan turib bizning bir qadam ham harakatlanishimizga yo‘l qo‘ymaydi. Ularning birinchisi — umringni nimaga sarflading?

Agar shu savol qalbimizda bo‘lsa, internetdan ezgulik maqsadida foydalanamiz. Aks holda bu umrimiz isrofi», — deya ta’kidladi muftiy hazrat.

Kiritildi: 18:11 25.11.2022. O'qildi: 1990 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!