Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mudhish jinoyat! Namanganda ayol o‘z qaynotasining qurboniga aylandi

Mudhish jinoyat! Namanganda ayol o‘z qaynotasining qurboniga aylandi

Mastlik insonni eng razil, jirkanch ishlarga boshlashi tayin. Namanganda sodir bo‘lgan fojia bu fikrni yana bir karra isbotlaydi.

Uchqo‘rg‘on tumanida 64 yoshli shaxs ichkilik oqibatida 31 yoshli kelinini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. U avval ham sudlanib, qamalgan va 2019 yilda ozodlikka chiqqan.

Tafsilotlarga to‘xtalsak. Qaynota mast holda uyga kirib keladi va kelini bilan janjallashib qoladi. Natijada oshxona pichog‘ini olib, kelinining yurak va qorin qismiga bir necha marta zarba beradi. Ayol voqea joyida hayotdan ko‘z yumadi.

Ayni damda erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:33 12.09.2021. O'qildi: 7203 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!