Bugun 25 noyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

MTS Turkmanistondagi faoliyatini to‘xtatdi

A A A
MTS Turkmanistondagi faoliyatini to‘xtatdi

MTS kompaniyasi Turkmanistondagi filiali «MTS Turkmaniston» o‘z faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgandan keyin Jahon banki qoshidagi Investisiyaviy bahslarni hal qilish bo‘yicha xalqaro markazga arz qildi, deb yozadi "daryo.uz".

Mobil operator faoliyatini to‘xtashidan ko‘rgan umumiy ziyoni hali oxirigacha belgilanmagan, biroq dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra kamida 750 million dollarga baholanmoqda.

«MTS Turkmaniston» 2017 yil 29 sentyabrdan Turkmanistondagi mijozlariga uyali aloqa xizmatlarini ko‘rsatishdan to‘xtagan.

MTS Turkmaniston davlati uning xorijiy sarmoyachi sifatidagi huquqini buzgan deb hisoblamoqda. Bu natijada MTS’ning Turkmanistondagi investisiyalaridan to‘liq mahrum bo‘lishiga olib kelgan», deb ma’lum qilgan kompaniya.

MTS Turkmaniston bilan ziddiyatlar hal qilinmagani sababli xalqaro tashkilotga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 16:57 29.07.2018. O'qildi: 1356 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik