Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Mourinyo "Real"ning transfer siyosatini o‘zgartirdi

Mourinyo "Real"ning transfer siyosatini o‘zgartirdi

Madridning "Real" jamoasi transfer siyosatiga jiddiy o‘zgartish kiritdi. Yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo klub oldiga boshqacha talablar qo‘ygani ortidan bu strategiya qayta ko‘rib chiqildi.

El Mundo nashri yozishicha, portugaliyalik mutaxassis rahbariyatdan yosh iqtidorlar emas, balki tajribali futbolchilarga urg‘u berishni so‘ragan. Oxirgi yillarda asosiy e’tiborni yosh iste’dodlarga qaratgan "Real" endi shakllangan, katta futbolda o‘zini ko‘rsatib bo‘lgan o‘yinchilarni birinchi o‘ringa qo‘ya boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mourinyu klub rahbariyatiga transfer siyosati yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha aniq taklif bilan chiqqan. "Real" boshliqlari esa murabbiy fikrini inobatga olib, yangi yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!