Bugun 16 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Moskvada o‘zbekistonlik novvoy doimiy mijozining qizini zo‘rladi

Moskvada o‘zbekistonlik novvoy doimiy mijozining qizini zo‘rladi

O‘zbekistonlik oshpaz Moskvada tanishining 19 yoshli qizini zo‘rladi. O‘sha paytda do‘sti va uning xotini qo‘shni xonada uxlayotgan bo‘lgan. Bu haqda «Baza»ga tayanib, bugun.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, J.M. 2009 yildan beri Rossiyada yashab, qisqa muddatga O‘zbekistonga kelib turgan. 2023 yil yanvar oyida u novvoyxonaga ishga kirgan va yaqin atrofda yashovchi doimiy mijozlar bilan do‘stlashgan. Iyul oyida J.M. bir erkak, uning rafiqasi va qizi bilan uchrashgan. Ular xarid uchun tez-tez kelib turgan.

Bir necha oy o‘tgach oila J.M.ni mehmonga chaqirgan. Tungi soat bir atrofida J.Mga shu yerda qolishni taklif qilishgan.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, u J.M.ning teginishidan uyg‘ongan, u qizga «quyoshim, menga juda yoqasiz» deb pichirlagan. Qiz ko‘zini ochgan va tepasida yarim yalang‘och oshpazni ko‘rgan. Erkak uni qattiq bosib turgani uchun qiz o‘rnidan turolmagan. Qizning ta’kidlashicha, u erkakni itarib yuborib, kiyingan va ota-onasining oldiga yugurgan.

Ota-onalar qizlarini kasalxonaga va polisiyaga olib ketishgan. J.M. tergovchilarga jinsiy aloqa ixtiyoriy bo‘lganini aytgan. Holat yuzasidan «Zo‘rlash» moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda J.M.ning xotini va uch nafar voyaga etmagan farzandi bor.

Kiritildi: 15:59 22.05.2024. O'qildi: 4384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!