Moskva sharqida 11 avgust kuni kechqurun ikkita mashina va avtobus to‘qnashdi. Voqea haqida Moskva transport boshqarmasi xabar bermoqda.
Hodisa soat 20:00 atrofida Parkovaya ko‘chasining 9-uyi, 23-xonadoni hududida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi oqibatida besh kishi tan jarohati olgan.
TASS xabariga ko‘ra, jabrlanganlardan biri homilador ayol. U taksida avtobusga borib urilgan.
Voqea joyida polisiya xodimlari ishlamoqda. Voqeaning sabablari o‘rganilmoqda.