Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Moskvada minus 27 daraja sovuq kutilmoqda. Bu 65 yil ichida birinchi marta...

Moskvada  minus 27 daraja sovuq kutilmoqda. Bu 65 yil ichida birinchi marta...

Moskvada 65 yildan beri kuzatilmagan qattiq sovuq 23 fevralga o‘tar kechasi kutilmoqda. Harorat minus 27 darajagacha pasayadi, deb xabar berdi RIA Novosti.

23 fevral kuni Moskvada anomal harorat tunda minus 25-27 darajagacha, mintaqada minus 25-30, sharqda ba’zi joylarda minus 33 gacha, kunduzi minus 16, Moskva viloyatida - minus 13-18 darajagacha soviydi.

Uzoq muddatli me’yordan 13-15 daraja past bunday ko‘rsatkichlar - 23 fevralda yarim asrda bir martadan kamroq sodir bo‘ladi.

So‘nggi marta Moskvada bundan  65 yil oldin shu qadar sovuq bo‘lgan edi, o‘shanda, 1956 yili meteorologlar minus 27,1 darajani qayd etgan va mutlaq rekord 1945 yilga tegishli - o‘sha yili termometrlar minus 30,5 darajada muzlab qolgandi.

Kiritildi: 16:28 22.02.2021. O'qildi: 2747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!