Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Moskvada MAX messenjerining o‘zbekcha talqini taqdim etildi

Moskvada MAX messenjerining o‘zbekcha talqini taqdim etildi

Rossiyaning VK kompaniyasi ishlab chiqqan MAX messenjerining o‘zbek tilidagi interfeysi Moskvada taqdim etildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

Taqdimotda O‘zbekiston OAV vakillari va soha mutaxassislari ishtirok etdi. Unda platformaning imkoniyatlari, rivojlanishi va xavfsizlik choralari haqida ma’lumot berildi.

MAX vakillarining ma’lumotiga ko‘ra:

Messenjerning 11,5 million xorijiy foydalanuvchisidan 4 millioni O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi;

O‘zbekiston MAX foydalanuvchilari soni bo‘yicha xorijiy davlatlar orasida birinchi o‘rinda turadi;

Mamlakatda har kuni MAX orqali 11,7 million xabar yuboriladi;

Kuniga 1,3 million audio va video qo‘ng‘iroq amalga oshiriladi.

Messenjerda chatlar, kanallar, audio va video qo‘ng‘iroqlar, 4 GB gacha bo‘lgan fayllarni yuborish hamda ovozli xabarlarni matnga aylantirish imkoniyatlari mavjud.

Shuningdek, platformada ikki bosqichli autentifikasiya, maxfiylik sozlamalari va firibgarlikdan himoyalanish vositalari nazarda tutilgan.

MAX messenjeriga o‘zbek tilidagi interfeys 2026 yil avgustida qo‘shilgan.

Kiritildi: 22:23 15.11.2026. O'qildi: 1236 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik