Rossiya poytaxti Moskva shahrida koronavirusni yuqtirganlar soni 98 522 nafarga etdi.
Bu butun Rossiya (177 160) dagining yarmidan ko‘pdir. Yangi aniqlanayotgan kasallar borasida ham ahvol shu — 10 699 ta holatning 5 846 tasi Moskvaga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot o‘rnida Moskvada COVID-19 qayd etilgan bemorlarning 956 nafari vafot etgan, 10 259 nafari tuzalib ketgan.