Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, britaniyalik qo‘shiqchi Robbi Uilyams, rossiyalik opera xonandasi Aida Garifullina va Braziliya terma jamoasi tarkibida 2 karra jahon chempioni Ronaldo ishtirok etdi.
Marosim bevosita jahon chempionatining 1-turidan o‘rin olgan Rossiya - Saudiya Arabistoni o‘yinidan oldin o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqa Rossiyaning 11ta shahrida o‘tkaziladi: Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Saransk, Rostov-na-Donu, Sochi, Qozon, Kaliningrad, Volgograd, Nijniy Novgorod va Yekaterinburg. Final o‘yini 15 iyul kuni «Lujniki» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Manba: kun.uz