Turli tilda so‘zlashuvchi telefon firibgarlari 20 dan ortiq davlat fuqarolarining millionlab mablag‘larini foydali sarmoya kiritish taklifi orqali o‘g‘irlashgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, koll-markaz 2013 yilda rossiyalik va ukrainalik jinoyatchilar tashkil qilgan "Ximprom" uyushgan jinoiy guruhiga qarashli.
Ular dastlab kimyoviy giyohvand moddalar ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullangan. Guruh rahbari Yegor Burkin.